"Nigoh" ijodiy loyihasi g'oliblari taqdirlandi
10.09.2026
Bugun, 10-sentyabr kuni Madaniyat vazirligida “Nigoh” ijodiy loyihasining yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, loyihada O‘zbekiston davlat drama teatri adabiy bo’limi mudiri dramaturg Go‘zaloy Matyakubova ham ishtirok etib, “Osmon zangori” ijodiy loyihasi bilan g‘oliblar qatoridan joy oldi.
Go‘zaloy Matyakubovani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ijodiy izlanishlari bardavom, yangi asarlari va loyihalari sermahsul bo‘lishini tilaymiz!