(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Mon-Fri: 08:00 - 17:00


Yuksak e‘tirof


    16.09.2026

Mazkur yilning 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev Baxtiyorovich ishtirokida madaniyat va san’at sohasida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh soha vakillarini “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yuksak e’tirof bilan taqdirlanganlar qatoridan O‘zbekiston davlat drama teatri badiiy rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov hamda “Shuhrat” medali sohibi, teatr aktrisasi Tamara Mirmaxsudova ham o‘rin oldi.