O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovga bag‘ishlangan xotira kecha bo‘lib o‘td
28.09.2026
Joriy yilning 28-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq yozuvchilari Xayriddin Sultonov, Erkin A‘zam, yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad, adabiyotshunos Shuhrat Rizayev, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid so‘zga chiqib xalqimizning sevimli adibi O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi haqida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdi. Tadbir davomida teatr repertuaridan joy olgan adib qalamiga mansub "Dunyoning ishlari' spektaklidan parchalar namoyish etildi. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artistlari Zamira Suyunova, G‘iyos Boytayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Abdulla Shomag‘rupov, Gulbahor Erqulova, xonanda Aziz Rajabiy kabi san‘atkorlar tomonidan adib xotirasiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar ijro etildi. Ayniqsa, ustazoda san‘atkor Hojiakbar Hamidov tomonidan ijro etilgan ashulalar tadbir ishtirokchilari ko‘z o‘ngida yana bir bor adib bilan bog‘liq xotiralarni jonlantirdi.