"Ochiq dars" — ustoz qadri va mulohazalar spektakli
03.10.2026
O‘zbekiston davlat drama teatrida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 2–3-oktabr kunlari Luqmon Bo‘rixonning "Sirli muallim" qissasi motivlari asosida Samitxon Lutfullayev tomonidan sahnalashtirilgan "Ochiq dars..." spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Premyerada tomoshabinlar bugungi kunda ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning kelajak avlodni tarbiyalash va bilim berish yo‘lidagi ulkan mehnati naqadar qadrli ekanini yana bir bor his etgani shubhasiz.