(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Mon-Fri: 08:00 - 17:00


O‘zbekiston davlat drama teatri xalqaro teatr festivalida munosiblar qatoridan joy oldi


    09.10.2026

Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida 1-7-oktabr kunlari “TEATR ALL” IV Xalqaro teatr festivali bo‘lib o‘tdi. Nufuzli xalqaro san’at anjumanida O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub “Layli va Majnun” spektakli bilan munosib ishtirok etdi. Festival doirasida namoyish etilgan spektakl tomoshabinlar va teatr mutaxassislarining e’tiborini qozondi. Ayniqsa, asar kompozitsiyasi, musiqiy yechim, aktyorlar ansamblining spetakl badiiy yaxlitligiga ta’siri alohida e’tirof etildi. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, spektakl klassik asarning eng yaxshi zamonaviy talqini sifatida tan olindi va “Eng yaxshi aktyorlik dueti” nominatsiyasi bo‘yicha Nodir Muhammadjonov va Husniya To‘ramurotova maxsus mukofotga sazovor bo‘ldilar.
Mukofotni bugun - O‘zbekiston davlat drama teatrida teatrning Badiiy rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov hamda teatrning direktori Bahrom Usmonov o‘z egalariga topshirdilar. Shuningdek, rejissyor Asqar Xolmo‘minov hamda jamoani va yosh aktyorlarni halqaro miqyosdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladilar.