(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Mon-Fri: 08:00 - 17:00


O‘zbekiston davlat drama teatri Navoiy viloyatida gastrol safarini amalga oshirdi


15487     28.11.2025

   Joriy yilning 24–27-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi Navoiy viloyati bo‘ylab o‘tkazilgan gastrol safarida bo’lib, safar doirasida teatr jamoasi “Farhod”, “Uchquduq” va “Yoshlik” madaniyat saroylarida tomoshabinlar uchun o‘z repertuaridagi – Abdulla Avloniy asari asosida sahnalashtirilgan “Advokatlik osonmi?” spektaklini namoyish etdi.

   Mazkur madaniy tadbir Navoiy uran kon-metallurgiya kombinati maʼmuriyati hamda Kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan tashkil qilindi. Spektakl kombinatning ishchi-xodimlari, mutaxassislari va ularning oila a’zolari uchun maxsus taqdim etilib, ularga maroqli hordiq va ma’naviy zavq ulashdi.

   Namoyish jarayonida tomoshabinlar sahnadagi voqea-hodisalarga katta qiziqish bildirdilar, aktyorlarning mahoratini yuksak baholadilar. Tadbir yakunida teatr jamoasiga minnatdorlik izhor etilib, bunday uchrashuvlar korxona xodimlarining ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

   Teatr – yuraklarni uyg‘otadigan, jamiyatni birlashtiradigan qudratli san’at.