(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


O‘zbekiston davlat drama teatri sahnasida Qirg‘iziston Respublikasi Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri jamoasi mehmon bo‘lib keldi.


16824     26.11.2025

   2025-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston davlat drama teatri sahnasida O‘sh davlat o‘zbek musiqali drama teatri jamoasi tomonidan “Soqov kelin” spektakli namoyish etildi.

   Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Qardosh ijodkorlar mahoratli aktyorlik ijrosi, milliy ohanglarga boy sahna yechimlari hamda yumorga boy voqeasi bilan tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

   Tadbir yakunida ikki teatr rahbariyati va ijodiy jamoalari kelgusida qo‘shma spektakllar va ijodiy safarlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishdi.

   Ushbu madaniy hamkorlik teatr san’ati rivojiga, shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biri bo‘lib qoladi.