2025-yil 17-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida “Turkiston bolalari” spektakli namoyish etildi
14452 23.10.2025
2025-yil 17-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun teatr jamoasi tomonidan “Turkiston bolalari” nomli sahna asari namoyish etildi.
Mazkur spektakl orqali yosh tomoshabinlarga Vatanparvarlik, birlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini singdirish, ularni o‘z tarixini, tili va madaniyatini qadrlash ruhida tarbiyalash maqsad qilingan. “Turkiston bolalari” asarida o‘zbek xalqining o‘tgan asrlardagi og‘ir, ammo g‘ururli hayoti, milliy ozodlik yo‘lidagi kurashlari, yosh avlodning orzu-umidlari va Vatanga bo‘lgan muhabbati jonli obrazlar orqali yoritib berilgan.
Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat drama teatrining yoshlar bilan madaniy-ma’naviy hamkorlikni rivojlantirish, teatr san’atini targ‘ib qilish hamda o‘zbek tilining nufuzini oshirish yo‘lidagi izchil faoliyatining bir qismi sifatida o‘tkazildi.
