Oʻzbekiston davlat drama teatri Jizzax viloyatida ijodiy gastrol safarida
9587 13.10.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori va Madaniyat vazirligining 2025-yil 5-fevraldagi 54-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi 2025-yil 9-11-oktyabr kunlari Jizzax viloyatida ijodiy gastrol safarini amalga oshirdi.
Safar davomida buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi?” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Tadbirda Jizzax viloyati aholisi hamda Samarqand shahridagi talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Ijodiy safari teatr jamoasining madaniy hamkorlikni mustahkamlash va teatr san’atini targʻib etish yoʻlidagi sa’y-harakatlarining yorqin namunasi boʻldi.

