Oʻzbekiston davlat drama teatri Samarqand viloyatida ijodiy gastrol safarida!
9325 08.10.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori hamda Madaniyat vazirligining 2025-yil 5-fevraldagi 54-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi 2025-yil 6–8-oktyabr kunlari Samarqand viloyatida ijodiy gastrol safari o‘tkazdi.
Safar davomida buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi?” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.
Tadbirda Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirok etib, teatr jamoasining sahna ijrosidan katta taassurot oldilar.
Mazkur gastrol safari teatr san’atini keng targ‘ib qilish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
