(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


O‘zbekiston davlat drama teatri barchangizni yurtimizda ulug‘ va qadrli sana – “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!


14288     01.10.2025

   O‘zbekiston davlat drama teatri barchangizni yurtimizda ulug‘ va qadrli sana – “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi! Ushbu bayram san’at va adabiyotning nozik qirralarini anglatgan, sahna madaniyati va hayot maktabida saboq bergan ustozlarimizning beqiyos xizmatlarini e’tirof etadigan, ularga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularimizni izhor etadigan ulug‘ ayyomdir.

   Shu munosabat bilan teatr jamoasi tomonidan san’at sohasida ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat olib borayotgan, teatr san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustozlar alohida e’tirof etildi va ular esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

   O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi barcha ustozlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklar ekan, sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonch topib yashashingizni tilab qoladi. Sizlarning fidoyi mehnatingiz va yuksak insoniy fazilatlaringiz har doim biz uchun ibrat maktabi bo‘lib qolaveradi.

   Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!