(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 16–18-sentyabr kunlari Toshkent viloyati “Parkent” ijod uyida “Nigoh” ijodiy tanlovi bo‘lib o‘tdi.


15931     20.09.2025

   Uch kun davom etgan mazkur tanlovda mamlakatimiz teatr san’atida faoliyat yuritib kelayotgan iqtidorli rejissyor, dramaturg, kompozitor va rassomlardan iborat jamoalar o‘zlarining kreativ va zamonaviy loyihalarini taqdim etdilar. 

   Tanlov yakunida O‘zbekiston davlat drama teatrida faoliyat olib borayotgan dramaturg Go‘zaloy Matyoqubova, rejissyor Rasuljon Tog‘oyqulov hamda rassom Laziz Yodgorov ijodiy jamoasi tomonidan taqdim etilgan “Humoy” loyihasi g‘olib deb topildi. 

   G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tanlov yakunida ta’kidlanganidek, bunday loyihalar nafaqat teatr san’atini yangi bosqichga olib chiqishga, balki yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.