O‘zbekiston davlat drama teatriga direktor tayinlandi.
3782 04.09.2024
Mazkur yilning 4-sentyabr kuni Madaniyat vazirligining buyrug‘i bilan Djuraev Otabek Alimovich O‘zbekiston davlat drama teatriga direktor etib tayinlandi.
Uni teatr jamoasiga Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov tanishtirdi.
Tayinlovga qadar Djurayev Otabek Alimovich Madaniyat vazirligi Kinematografiyani rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Teatr jamoasi Djurayev Otabek Alimovichga yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.

