Mustaqillik tantanalari arafasida teatrlarda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi
13421 21.08.2025
Hurmatli teatr ixlosmandlari! “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari doirasida Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari 1-sentyabrda “Ochiq eshiklar kuni”ni e’lon qiladi.
Ma’lumot uchun, “Ochiq eshiklar kuni”da namoyish etiladigan spektakllarga kirish bepul.
Eslatma: Taklifnomalarni teatr kassalaridan olishingiz mumkin, taklifnomalar soni cheklangan.