(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o’ttiz to’rt yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.


24101     24.08.2025

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston davlat drama teatrining iqtidorli aktyori Berdiyev Ilxombek Yuldashevich «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.

   Ilxombek Berdiyev uzoq yillardan buyon teatr sahnasining faol ijodkorlaridan biri sifatida yuksak mahorat bilan turli obrazlarni yaratib kelmoqda. Uning sahnadagi har bir chiqishi tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otib, milliy teatr san’atining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

   Ushbu yuksak unvon nafaqat san’atkorning shaxsiy yutug‘i, balki butun teatr jamoasining ham sharafli e’tirofidir. Shu munosabat bilan teatr jamoasi Ilxom Berdiyevni bu yuksak unvon bilan chin qalbidan tabriklaydi.