(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


2025-yil 1-sentabr kuni – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.


16824     01.09.2025

   Tadbir doirasida teatr sahnasida milliy an’analar, xalqona hazil-mutoyiba va hayotiy hikmatlarga boy “Bir kuni Nasriddin” spektakli namoyish etildi. Tomoshabinlar spektakl orqali milliy teatr san’atining betakror jozibasi hamda mustaqillik yillarida yaratilgan ijodiy imkoniyatlarni chuqur his etdilar.

   “Ochiq eshiklar kuni” doirasida mehmonlar teatr faoliyati bilan yaqindan tanishib, sahna orti jarayonlari va teatr tarixiga oid ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

   O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan tabriklaydi.