(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


21-27 mart kuni O‘zbekiston Davlat drama teatrida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida bir qator madaniy va ma’naviy tadbirlar tashkil etildi.


19554     28.03.2025

   Har yili 27-mart sanasida dunyo bo‘ylab keng nishonlanadigan Xalqaro teatr kuni munosabati bilan joriy yilda ham O‘zbekiston Davlat drama teatrida 21-martdan boshlab “Ochiq eshiklar kunlari”ga start berildi.

   Ochiq eshiklar kunlari dasturidan o‘rin olgan ilk tadbir – mashhur italyan dramaturgi Karlo Goldoni asari asosida sahnalashtirilgan “Truffaldino – ikki boyning maloyi” spektakli bo‘lib o‘tdi. Mazkur sahna asari tomoshabinlarga haqiqiy teatr muhitini his etish, hayot haqiqatlari va inson tabiati aks etgan sahnalarni ko‘rish imkonini yaratdi.

   22-mart kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ochiq eshiklar kunlari” doirasida navbatdagi madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Har yili keng nishonlanadigan 27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan teatrda 21-martdan boshlab “Ochiq eshiklar kunlari” start olgan bo‘lib, bu tadbirlar barcha san’at ixlosmandlari uchun tashkil etilmoqda. Teatrning bugungi dasturidan o‘rin olgan navbatdagi spektakl — “Ayajonlarim” spektakli bo‘ldi.

   Mazkur spektakl tomoshabinlarga ona mehri, oila qadriyati va ayol zotining buyuk jasoratini targ‘ib qiluvchi mazmun-mohiyati bilan katta ta’sir ko‘rsatdi. Asarda har bir ona uchun o‘ziga xos bo‘lgan hayotiy qismatlar, to‘siq va sinovlar orqali ayollarning kuchi, sabr-toqati, muhabbati yorqin ifodalandi. Spektakl davomida aktyorlar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan sahnalar tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdi.

   23-mart kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ochiq eshiklar kunlari” doirasida navbatdagi spektakl namoyish etildi.

   Bugungi dasturdan o‘rin olgan navbatdagi sahna asari – “Ey, biz bormiz!..” spektakli bo‘ldi. Unda insonning jamiyatdagi o‘rni, bugungi kun insonlarining fikrlari, orzu-umidlari va hayotga bo‘lgan munosabati hayotiy misollar orqali yoritib berildi. Asar mazmuni tomoshabinlarni o‘yga toldiradigan hayotiy voqealarga boy bo‘lib, insonlarni o‘z o‘rni va mas’uliyati haqida yana bir bor o‘ylashga undadi.

   24-mart kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ochiq eshiklar kunlari” doirasida navbatdagi madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21-martdan boshlab teatrda boshlangan “Ochiq eshiklar kunlari” tantanalari davom etmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida har kuni teatr tomoshabinlari uchun turli mazmun va janrdagi spektakllar namoyish etilmoqda.

   25-mart kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ochiq eshiklar kunlari” doirasida navbatdagi teatr tomoshasi — “Xasis” spektakli namoyish etildi.

   Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21-martdan boshlab o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar kunlari” san’at bayrami davom etmoqda. Teatr san’atini keng ommaga yaqinlashtirish, tomoshabinlarni teatr hayotiga chorlash va sahna ortidagi ijodiy jarayonlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlar tomoshabinlar qalbidan o‘rin olmoqda.

   26-mart kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir doirasida teatr tomoshabinlar uchun o‘z eshiklarini ochib, san’at ixlosmandlarini bevosita teatr muhitiga sho‘ng‘ish, aktyorlar va ijodiy jamoa faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

   “Sab’ai sayyor” spektaklida teatr aktyorlari mahorat bilan o‘z rollarini ijro etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurot qoldirishdi. Dekoratsiya, yorug‘lik va musiqiy jihozlar spektakl ruhiyatini yanada kuchaytirib, tomoshabinlarni go‘yo sehrli olamga yetakladi.

   27-mart – Xalqaro teatr kuni butun dunyoda teatrlarga bag‘ishlangan muhim sanalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi barcha san’at fidoyilarini, aktyorlar, rejissyorlar, dramaturglar, sahna bezakchilari, yoritish va ovoz operatorlari hamda teatr san’ati rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha ijodkorlarni tabriklaydi.