(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasining harbiy qismlarga ijodiy safarlari


9245     16.03.2025

   Joriy yilning 13–16-mart kunlari O‘zbekiston davlat drama teatri ijodiy jamoasi Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldi.

   Ijodiy jamoa ushbu safar davomida harbiy qismlar shaxsiy tarkibi hamda xizmatchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida taniqli maorifparvar Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi?” spektaklini namoyish etdi.

   Mazkur asar orqali jamiyatdagi illatlar — savodsizlik, firibgarlik, ilmsizlik va boshqa salbiy holatlar hajviy uslubda fosh etiladi hamda tanqid ostiga olinadi. Spektaklda bir asr muqaddam jamiyatda hukm surgan ana shunday muammolar bugungi kunda ham dolzarb ekanligi o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib berildi.

   Tomoshabinlar — harbiy xizmatchilar spektakldan katta taassurot olib, ijodiy jamoaga minnatdorchilik bildirdi.