Uchrashuv
5340 28.09.2024
Joriy yilning 28-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Madaniyat vazirligida mansub kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlarini Raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, sohaga qo‘shimcha xizmatlarni biriktirish orqali masofaviy hizmatlar turini kengaytirish maqsadida “IT Investments Center” hamda “Uzbekistan Creative Association” vakillari bilan uchrashuvida O‘zbekiston davlat drama teatri direktori Otabek Djurayev ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida madaniyat vazirligi tizimda mavjud Teatrlarga Jahon tajribasini qo‘llash orqali o‘z auditoriyalarini yanada kengaytirish, infratuzilmalarini zamonaviy dekoratsiya qurilmalari bilan boyitish, hamda kelajakda grant va investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
