(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni”


14231     08.03.2025

   Yangilanish faslining nafosat bayrami “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” yurtimizda har yili keng nishonlanadi. Ushbu ayyom munosabati bilan Oʻzbekiston davlat drama teatrida ham bayramona tadbir tashkil etildi.

   Teatrning Badiiy rahbari Olimjon Salimov jamoada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ularning san’at rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi. 

   Teatr direktori Otabek Jo‘rayev ham ayollarning fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, faolligi va ibratli fazilatlarini yuksak baholab, ularni ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi.

   Tadbir davomida teatr erkaklar jamoasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alar bayram shukuhi ostida ayollarga tantanali ravishda topshirildi. Bayram tadbiri samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etdi.