(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


"Hukm" spektakli


19245     20.02.2025

   Joriy yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston davlat drama teatrida Baxodir Mirmaqsudov tomonidan sahnalashtirilgan Go‘zaloy Matyoqubova qalamiga mansub "Hukm" spektakli O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash a’zolariga taqdim etildi.

   Mazkur spektakl  jamiyatimizda yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy illatlarni ro‘yi-rost ko‘rsatadi. Dunyoning ustuni adolat ekani, adolatsiz jamiyat tubanlikka yuz tutishi haqida ogohlantiradi. Insonlarda o‘z hayotini xavfga qo‘yib bo‘lsa ham adolatni tiklashga, ezgulikka xizmat qilishga rag‘bat uyg‘otadi.

   Spektakl yakunida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash a’zolari tomonidan ijobiy baholandi hamda teatr ijodkorlariga o‘zlarining kerakli taklif va maslahatlarini berib, tomoshabinlarga namoyish uchun tavsiya etildi.