(+99871) 244-11-70      (+99871) 244-13-54 Du-Ju: 08:00 - 17:00


Qirg'iziston teatri mehmonda


6752     12.12.2024

   Qirg‘iziston va О‘zbekiston madaniyatlari о‘zaro mushtaraklik va hamkorlik tarixiga ega. Ikki davlat madaniyat sohasida bir qator qо‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda.

   Shu munosabat bilan, Joriy yilning 12-dekabr kuni soat 18:00 da Oʻzbekiston davlat drama teatr sahnasida buyuk adib Chingiz Aytmatov tavalludining 95- yilligi munosabati bilan Qirg‘iziston Respublikasining To‘qto‘g‘ul Aziboyev nomidagi Oloy musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan "Moviy qirg‘og‘im” spektaklini o‘zbek tomoshabinlariga namoyish etdilar.

   Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Baxrom Usmonov hamda O‘zbekiston davlat drama teatri direktori Otabek Djurayev Qirg‘iziston teatr jamoasiga esdalik sovg‘alar topshirdilar. Ushbu sovg‘alar ikki davlat san’at va madaniyat sohasidagi mustahkam aloqalarining yorqin ramzi sifatida qabul qilindi.

   Spektakl O‘zbekiston tomoshabinlariga katta ta’sir ko‘rsatib, ular tomonidan iliq kutib olindi.Bu tadbir O‘zbekiston va Qirg‘iziston teatr jamoalari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikning yorqin namunasi bo‘ldi.

   Tadbirda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik va ijodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston davlat drama teatri hamda To‘qto‘g‘ul Azizboyev nomidagi Oloy musiqali drama teatrlari oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.