O'zbekiston Davlat Drama Teatrining 56-mavsumi ochildi
42338 20.11.2024
20-noyabr kuni O'zbekiston Davlat Drama Teatri Uzbekistan Creative Association (https://t.me/Uzbekistan_Creative_Association) hamkorligida o'zining 56-mavsumini ochdi!
Marosimga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazir o'rinbosari Usmonov Yusufjon Kamoldinovich tashrif buyurib kirish so'zi bilan ochib berdi.
Bundan tashqari O'zbekiston Davlat Drama Teatri badiiy rahbari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov, O'zbekiston Davlat Drama Teatri direktori Otabek Djurayev ham o'z tilaklari bilan 56-mavsumni ochiq deb e'lon berishdi.
Tashrif buyurgan san'at yulduzlari, bloggerlar, teleboshlovchilar hamda telekanallar o'z ishtiroklari bilan tadbirni yanada boyitib, teatr jamoasini qo'llab-quvvatlab katta ilhom bag'ishladilar.
Ushbu mavsum barcha teatr san'ati ixlosmandlarini yorqin spektakllar va unutilmas hissiyotlar bilan kutib oladi.
Mavsumning tantanali ochilishi davomida "Romeo va Julyetta" spektakli namoyish etildi.





