Hamkorlik Memorandumi imzolandi
12328 08.11.2024
Bugun 8- noyabr 2024 yil O’zbekiston Davlat Drama Teatri va O’zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi Memorandum imzolashga bag’ishlangan marosim bo’lib o’tdi.
Marosimda O’zbekiston Davlat Drama Teatri direktori Otabek Djurayev va O’zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti boshlig’ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari polkovnik Ikromjon Mahmudov bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida hamkorlikda sahna asarlarini yaratish mazmunidagi Memorandum imzolandi . Marosimda Teatr direktori Otabek Djurayev bilan bir qatorda direktor o’rinbosari Sardor Mansurov va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Madina To’xtayevalar ishtirok etishdi.

