*

Yangiliklarga a’zo bo’ling

Chimkent shahar o‘zbek drama teatrining tashkil topganiga 20 yil to‘lishi

Mazkur yilning 23 noyabr kuni O‘zbekiston davlat drama teatrining ijodkorlari qo‘shni davlatlar bilan ijodiy hamkorlik doirasida Qozog‘iston respublikasi Chimkent shahar o‘zbek drama teatrining tashkil topganiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat drama teatrining bosh rejissori Olimjon Salimov so‘z olib, Qozog‘iston Respublikasida o‘zbek tilida faoliyat olib borayotgan teatr jamoasini teatrning 20 yillik to‘yi bilan tabrikladi hamda jamoaga muvaffaqiyat tiladi.